GREENCORNER Kraudfanding platformasi. To'rt yo'nalishda loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan yagona platforma, homiyllarni INNO texnopark imkoniyatlaridan foydalanish, sertifikat va sovg'alar asosida jalb qilishga qaratiladi.
Bugungi holatbatafsil +

Muammo va maqsadlar

• Moliyaviy ko'mak kamligi — erta bosqichda so'nishi
• Ishonchsizlik va targ'ibot sustligi
• Kraudfanding bilimi yetishmasligi

Homiy pul tikadi →imkoniyat kuponi
Loyiha →INNO bazasida bajariladi
INNO →bo'sh quvvat daromadga
⭐ Platformaning jalb etish maydonibatafsil +

INNO imkoniyat kuponi — nima beradi?

INNO texnopark tovar sotmaydi. Kupon — bu uskuna va maydonlardan cheklangan miqdorda foydalanish huquqi. Xomashyoni homiy o'zi olib keladi.

INNO texnopark 🎭
🎭 Tadbir uchun joy
INNO texnopark ⚙️
⚙️ Uskuna ijarasi
INNO texnopark ✂️
✂️ Ishlov berish · 🔬 Laboratoriya
Mexanizmbatafsil +

Kupon qanday ishlaydi

Homiy 500 000 so'm tikadi → 1 000 000 so'mlik foydalanish huquqi kuponini oladi → INNO texnoparkda uskunadan foydalanadi.

Homiy to'lovi+500 000
Marjinal xarajat−200 000
Xomashyo0 — homiyniki
INNO sof natijasi+250 000
1-yo'nalishbatafsil +
⚙️

Circle Funding

Sanoat · Yechim

Sanoat o'z muammosini kiritadi. Jamoa yoki yakka shaxslar shu muammoga yechim sifatida loyiha kiritadi.

🎟️ INNO imkoniyat kuponi
2-yo'nalishbatafsil +
🔄

Round Funding

10 loyiha · Navbat

10 ta loyiha bir-biriga taklif yuborib round tashkil qiladi va navbat bo'yicha birgalikda moliyalashadi.

🏁 O'z loyihasi moliyalanadi
3-yo'nalishbatafsil +
🌱

Need Funding

Ijtimoiy · Ekologiya

Jamiyat hayotini yaxshilash va tabiatga qaratilgan loyihalar. Homiy sertifikat oladi.

📜 Sertifikat
4-yo'nalishbatafsil +
🏆

Merit Funding

Tijorat · Mukofot

Tijoriy loyihalar. Homiy sertifikat, sovg'a va imkoniyat kuponlarini oladi.

🎁 Sertifikat · sovg'a · kupon
Ishonch mexanizmlaribatafsil +

Nega odamlar pul tikadi?

🛡️ Kafolat jamg'armasi
Har kampaniyadan 1–5%
📊 Bosqichma-bosqich
Platforma nazorat qiladi
📸 Foto-hisobot
Majburiy, har bosqichda
🚪 Ochiq eshiklar
Natijani o'z ko'zi bilan
Komissiya va kapitalbatafsil +

Pul qanday taqsimlanadi

4%
INNO bilan shartnoma tuzgan
5%
Shartnoma tuzmagan
Qolgani bosqichma-bosqich loyihaga sarflanadi — platforma nazorat qiladi.
Bosqichlar va KPIbatafsil +

Qanday ishga tushadi

1Circle, Need, Merit ochiladi, kupon katalogi belgilanadi
2Round Funding — navbat tizimi va shaxsiy kabinet
3Katalog kengayadi, hamkor tashkilotlar ulanadi
Sayt maketlariko'rish +

Platforma interfeysi

Bosh sahifa
Circle
Round
Loyiha
Platformaning maqsadlari & mavjud bozordagi holat

Ikki tomonlama bo'shliqni bitta yechim bilan yopamiz

⚠️ Bugungi holat

• Loyihalar uchun moliyaviy ko'mak kamligi — ularning erta bosqichda so'nishi;
• Mahalliy kraudfanding urinishlarida ishonchsizlik yoki targ'ibot sustligi;
• Bazi g'oya bosqichidagi loyihalarda qo'llab-quvvatlash pastligi;
• Kraudfanding platformalarini yetarlicha qo'llab-quvvatlanmasligi;
• Ko'pgina loyihalarning rahbarlarida kraudfanding bilimi yo'qligi;

✅ GREENCORNER platformasi maqsadlari

• Homiy loyihaga pul tikadi → INNO imkoniyat kuponini oladi;
• Kupon bilan INNO texnopark uskunasidan yoki maydonidan foydalanadi;
• Loyiha oldindan moliyalanadi va INNO texnopark bazasida amalga oshiriladi;
• INNO texnopark bo'sh quvvatini daromadga aylantiradi;
• Loyihalar ESCROW tamoyili asosida ko'mak olishi ta'minlanadi;

🎯

Asosiy g'oya: Jamiyatga foydali ijtimoiy loyihalarni ham tijoriy loyihalar kabi keng ko'lamli qo'llab-quvvatlash, homiylar o'z biznesiga kerakli real imkoniyatni olishiga imkon yaratish, jamiyat orasida investitsion muhitni va investorlikni keng targ'ib qilish va foydali xayriya loyihalariga jalb qilish orqali o'zaro qo'llab-quvvatlashni keng targ'ib qilish.

⭐ Platformaning jalb etish maydoni

INNO imkoniyat kuponi — nima beradi?

❗

Muhim: INNO TEXNOPARK mahsulot ishlab chiqarib bermaydi va tovar sotmaydi. Kupon — bu uskuna va maydonlardan cheklangan miqdorda foydalanish huquqi. Kupon biror tovar ishlab chiqarishga berilgan taqdirda xomashyoni homiy o'zi olib keladi.

Imkoniyat turiNima beriladiMisol
🎭 Tadbir uchun joyAmfiteatr yoki zaldan bir martalik tadbir uchun foydalanish huquqiMahsulot taqdimoti, seminar, trening
⚙️ Uskuna ijarasiMa'lum turdagi texnika va apparatdan belgilangan miqdorda foydalanishLazer stanogida 4 soat, 3D printerda 10 soat
✂️ Ishlov berishHomiy o'z materialini olib keladi, INNO texnopark uskunasida ishlov beriladiMa'lum miqdordagi temir yoki yelim mahsulotlarini buklash/kesish yoki gravirovka qilib berish
🔬 LaboratoriyaSinov va o'lchov jihozlaridan foydalanish huquqiNamuna sinovi, sifat tekshiruvi
Mexanizm

Kupon qanday ishlaydi

1
Homiy hissa qo'shadi

Loyihaga 500 000 so'm tikadi.

2
Kupon tanlaydi

1 000 000 so'mlik foydalanish huquqi kuponi.

3
INNO texnoparkga keladi

O'z materialini olib keladi, uskunadan foydalanadi.

4
Loyiha amalga oshadi

Yig'ilgan mablag' loyiha bilan shartnoma asosida texnoparkga yo'naltiradi.

INNO texnopark iqtisodiyotiSumma
Homiy to'lovi+500 000
Marjinal xarajat
elektr + amortizatsiya + operator nazorati
−200 000
Xomashyo0 — homiyniki
INNO sof natijasi+250 000

⚖️ Nega bu zarar emas?

Prays-listdagi +250 000 so'm bu Loyihaga homiy tomonidan berilgan pul. Bu pul shartnoma asosida loyihani INNO texnoparkda amalga oshirish uchun texnopark hisobiga tushiriladi, buning evaziga texnopark xizmat ko'rsatadi.

📝 Eslatma

1. Homiy to'lovi har doim marjinal xarajatdan yuqori bo'ladi — kurs har bir uskuna turi uchun alohida hisoblanadi;
2. Kuponlarga oylik kvota belgilanadi.

⚙️ 1-yo'nalish

Circle Funding — sanoat muammosi va yechim loyihalari

⚙️ Qanday ishlaydi

Sanoat o'z muammosini kiritadi.

Jamoa yoki yakka shaxslar shu muammoga yechim sifatida loyiha kiritadi.

Loyihalar platformada moliyalashtiriladi.

🎟️ Homiy nima oladi

Homiy evaziga INNO imkoniyat kuponini oladi — uskuna vaqti, tadbir maydoni yoki ishlov berish huquqi.

greencorner.uz/circle
GREENCORNER Bosh sahifaCircleRoundNeedMerit Muammo kiritish
SANOAT MUAMMOLARI VA ULARGA KIRITILGAN YECHIM LOYIHALARI
🏭 Muammo: qadoqlash jarayonida chiqindi ko'p chiqmoqda
Kiritdi: qadoqlash korxonasi · 3 ta yechim loyihasi kiritilgan
Yechim 1 — Chiqindisiz kesish sxemasi
72% · 36/50 mln14 kun
Yechim 2 — Qoldiqni qayta ishlash liniyasi
41% · 12/29 mln22 kun
Yechim 3 — Muqobil material tanlash
18% · 5/28 mln30 kun
🏭 Muammo: kichik detallarni o'lchash va sinash imkoni yo'q
Kiritdi: mashinasozlik korxonasi · 2 ta yechim loyihasi kiritilgan
Yechim 1 — Umumiy o'lchov laboratoriyasi
63% · 31/49 mln11 kun
Yechim 2 — Ko'chma sinov to'plami
29% · 9/31 mln26 kun
+ Yechim kiritish
🔄 2-yo'nalish

Round Funding — 10 ta loyiha, navbat bo'yicha

1

Loyihalar bir-biriga taklif yuboradi. 10 ta loyiha to'planganda round boshlanadi.

2

Har bir loyiha, qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar, o'z hisobiga pul yig'averadi.

3

Tizim random tartib tanlaydi. Loyiha umumiy summadan bo'lingandagi ulushni hisobida yig'gach, tizim pulni avtomatik birinchi loyiha hisobiga o'tkazadi.

4

Bu pul tizimda boshqalarga ko'rinmaydi — faqat shaxsiy kabinetlarda ko'rinadi.

5

Har bir loyihaga kerakli summa yig'ilguncha shu tartibda davom etadi.

6

Oxirgi loyiha ham roundda belgilangan summani hamma loyihalardan olib bo'lgach, tizim pullarni hammaning hisobida ko'rinadigan qiladi va round muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.

greencorner.uz/round/r-14
GREENCORNER Bosh sahifaCircleRoundNeedMerit Taklif yuborish
ROUND #14 — 10 ta loyiha DAVOM ETMOQDA
Roundning umumiy holati6 / 10 loyiha o'z summasini oldi
👥 10 loyiha🎲 Navbat: random tanlangan🔒 Pullar hozircha ko'rinmaydi
NAVBAT TARTIBI
1 · EkoPak
✅ oldi
2 · GreenInk
✅ oldi
3 · PaperLab
✅ oldi
4 · BioSeal
✅ oldi
5 · KraftUz
✅ oldi
6 · ReUse
✅ oldi
7 · LabelPro
⏳ navbatda
8 · AgroBox
kutmoqda
9 · SmartTag
kutmoqda
10 · MetalFix
kutmoqda
ROUND QANDAY YAKUNLANADI
🎲 Navbat random tanlanadi.

💰 Loyiha o'z ulushini yig'gach, tizim pulni avtomatik navbatdagi loyiha hisobiga o'tkazadi.

🔒 Bu pul tizimda ko'rinmaydi — faqat shaxsiy kabinetda ko'rinadi.

✅ Oxirgi loyiha ham belgilangan summani hamma loyihalardan olib bo'lgach, tizim pullarni hammaning hisobida ko'rinadigan qiladi.

🏁 Round muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet
🌱 3-yo'nalish

Need Funding — ijtimoiy loyihalar

🌱 Qanday ishlaydi

Bu bo'limda ijtimoiy loyihalar o'rin oladi. Istalgan odam ularni qo'llab-quvvatlashi mumkin.

Ular jamiyat hayotini yaxshilashga va tabiatga qaratilgan loyihalardan iborat bo'ladi.

Homiy nima oladi
📜 Sertifikat
📸

Har bir loyiha hujjatlashtirilgan foto-hisobot beradi. Mablag' bosqichma-bosqich sarflanadi.

🏆 4-yo'nalish

Merit Funding — tijoriy loyihalar

🏆 Qanday ishlaydi

Bu bo'limda tijoriy loyihalar o'rin oladi. Moliyaviy manba kiritganlik evaziga odamlar sertifikat va sovg'alar olishadi.

Summa kattalashgan sari kattaroq summali kuponlar va imkoniyatlar taqdim etiladi.

HissaHomiy nima oladi
Kichik summaSertifikat
O'rta summaSertifikat + sovg'a
Katta summaSertifikat + sovg'a + kattaroq summali imkoniyat kuponi
Ishonch va xavf mexanizmlari

Nega odamlar pul tikadi?

Mahalliy kraudfandingning o'ldiruvchisi — pul emas, ishonchsizlik. To'rt mexanizm birgalikda aynan shu to'siqni buzadi.

🛡️ Kafolat jamg'armasi

Har kampaniyadan 1–5% maxsus platforma hisob raqamiga o'tkaziladi.

📊 Bosqichma-bosqich sarflash

Yig'ilgan pul bir yo'la berilmaydi. Platforma uni bosqichlarga bo'lib o'tkazadi va nazorat qiladi.

📸 Majburiy foto-hisobot

Har bosqichda foto va hujjat bilan tasdiqlangan hisobot. Hisobot kelmasa — keyingi bosqich to'xtatiladi.

🚪 Ochiq eshiklar kuni

Homiylar INNO texnoparkga kelib, loyiha jamoasi bilan tanishadi va natijani o'z ko'zi bilan ko'radi.

🏦

Escrow: mablag' shart bajarilgunga qadar ishonchli hisobda saqlanadi va faqat platforma nazorati ostida loyihaga o'tkaziladi.

Komissiya va qo'shimcha kapital

Pul qanday taqsimlanadi

HolatPlatforma komissiyasi
Loyiha INNO texnopark bilan shartnoma tuzgan4%
Loyiha INNO texnopark bilan shartnoma tuzmagan5%
📋

Shartnoma asosida yig'ilgan pulning bir qismi (4% yoki 5%) platformaga o'tadi. Qolgani bosqichma-bosqich loyihaga sarflanadi — platforma pulni loyihaga o'tkazib berib, sarflanishini nazorat qiladi.

📈 Matching — qo'shimcha qo'shib berish

Matching degani — loyiha jamoat tomonidan yig'gan mablag'ga davlat yoki homiy tashkilotning o'z tomonidan qo'shimcha mablag' qo'shib berishi.

Davlatning "1+1" mexanizmi shu tamoyilda ishlaydi: loyiha 10 mln so'm yig'sa, davlat yana 10 mln so'm qo'shadi — loyiha jami 20 mln so'mga ega bo'ladi.

🌍 Xalqaro hamkorlar

EBRD "Youth in Business" (35 yoshgacha tadbirkorlar), ADB, Islom taraqqiyot banki — ular uchun platforma tayyor tarqatish kanali bo'lishi mumkin.

Biznes modeli, bosqichlar va KPI

Platforma qanday daromad qiladi va qanday ishga tushadi

Daromad manbaiMiqdori
Komissiya — loyiha INNO bilan shartnoma tuzgan4%
Komissiya — shartnoma tuzmagan5%
INNO imkoniyat kuponidan olinadigan marja
har 500 000 so'mlik kupondan
+250 000
💡

Platforma yig'ilgan pulni o'zida ushlab qolmaydi: komissiyani ayirib, qolganini bosqichma-bosqich loyihaga o'tkazadi va sarflanishini nazorat qiladi.

1-bosqich

Platforma ishga tushadi. Circle, Need, Merit yo'nalishlari ochiladi. INNO imkoniyat katalogi va kupon qiymatlari belgilanadi.

2-bosqich

Round Funding ishga tushadi — navbat tizimi, shaxsiy kabinet va avtomatik o'tkazma mexanizmi joriy etiladi.

3-bosqich

Imkoniyat katalogi kengaytiriladi, yangi uskuna va maydonlar qo'shiladi, hamkor tashkilotlar ulanadi.

Nima o'lchanadiNima uchun
Muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar soniPlatforma haqiqatan natija berayotganini ko'rsatadi
Berilgan imkoniyat kuponlari soniINNO texnopark bo'sh quvvati qanchalik ishga tushganini ko'rsatadi
Muvaffaqiyatli yakunlangan roundlar soniRound mexanizmi ishlayotganini ko'rsatadi
Qaytib kelgan homiylar ulushiKupon tizimi homiy uchun qiymatli ekanini ko'rsatadi
Sayt maketlari

Platforma interfeysi

greencorner.uz
GREENCORNER Bosh sahifaCircleRoundNeedMeritKupon katalogi Loyiha ochish
Loyihani qo'llab-quvvatlang — INNO imkoniyatini oling

To'rt yo'nalishli kraudfanding platformasi. Pul tikkaningiz evaziga INNO Technopark uskunalari va maydonlaridan foydalanish huquqini olasiz.

184faol loyiha 2.4 mlrdyig'ilgan mablag' 7 812homiy 1 246berilgan kupon
⚙️ Circle Funding
Sanoat muammolari va ularga yechim loyihalari.
46 loyiha →
🔄 Round Funding
10 ta loyiha navbat bo'yicha birgalikda moliyalashadi.
8 faol round →
🌱 Need Funding
Ijtimoiy va ekologik loyihalar. Homiy sertifikat oladi.
73 loyiha →
🏆 Merit Funding
Tijoriy loyihalar. Sertifikat, sovg'a va kuponlar.
57 loyiha →
greencorner.uz/p/chiqindisiz-kesish-sxemasi
GREENCORNER Bosh sahifaCircleRoundNeedMerit Qo'llab-quvvatlash
MUAMMO: qadoqlash jarayonida chiqindi ko'p chiqmoqda

Yechim: chiqindisiz kesish sxemasi

Loyiha qadoqlash materialini kesish sxemasini qayta hisoblab, qoldiq miqdorini kamaytiradi. Yechim INNO Technopark bazasida sinovdan o'tkaziladi va konxonaga topshiriladi.

✅ Ofis tekshiruvidan o'tgan 📄 INNO bilan shartnoma bor — komissiya 4% 🛡️ Kafolat jamg'armasi qamrovida
Mablag' bosqichma-bosqich sarflanadi
✅ 1-bosqich · o'tkazildi
⏳ 2-bosqich · hisobot kutilmoqda
⚪ 3-bosqich · yakun
36 000 000
50 000 000 so'mdan · 72% · 14 kun qoldi
👥 148 homiy qo'llab-quvvatladi
100 000 so'm
Sertifikat
🎟️ 500 000 so'm
1 000 000 so'mlik imkoniyat kuponi — gravyura stanogida 6 soat
2 000 000 so'm
4 000 000 so'mlik imkoniyat kuponi + amfiteatrda 1 martalik tadbir
Qo'llab-quvvatlash